

Amstyerdamga 20 nafar futbolchi jo'nab ketdi, ular orasida himoyachi Kris Smolling, yarim himoyachi Genrix Mxitaryan va hujumchi Stefan El Shaaravi yo'q. Ularning uchalasi ham jarohati tufayli birinchi o'yinni o'tkazib yuboradi.
Ulardan tashqari diskvalifikaciya tufayli himoyachi Rik Karsdorp rimliklarga yordam bera olmaydi.
"Ayaks" hamda "Roma" o'rtasidagi Yevropa Ligasi chorak finalining birinchi o'yini 8 aprel kuni Amstyerdamda bo'lib o'tadi. O'yin Toshkent vaqti bilan 00:00 ga belgilangan.



