

Jamoa gollaridan biriga Markus Reshford mualliflik qildi. U MYU futbolchilari ichida ushbu mavsumda beshta turnirda gol ura olgan birinchi futbolchi bo'ldi. Shu tariqa Reshford mavsum davomida Yevropa Ligasi, APL, Angliya liga kubogi, Angliya kubogi va Chempionlar Ligasi musobaqalarida raqiblar darvozasini ishg'ol etdi.



