

"Yuventus" "Bornmut" himoyachisi Markos Senesiga taklif yo'lladi.
Tuttosport xabar qilishicha, turinliklar argentinalik futbolchini erkin agent sifatida jamoasiga qo'shib olmoqchi. Ular 28 yoshli futbolchiga 4 mavsumlik shartnoma va yiliga 3 million evro maosh taklif etishdi.
Senesi "Barselona" va "Atletiko" e'tiborini ham tortgani bois, turinliklar Markos bilan imkon qadar tezroq kelishuvga erishishga urinmoqda.
Bundan tashqari, "Yuventus" Maksimo Perroneni ham kuzatuvga olgan.



