"Roma" "Bornmut" a'zosini xarid qilmoqchi

Sherzod Nurmatov
30 iyun 2025, 15:38
"Bornmut" himoyachisi Markos Senesi "Roma"ga o'tishi mumkin.

Manbaga ko'ra, rimliklar 28 yoshli argentinalik futbolchiga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Qayd etilishicha, futbolchini Turinning "Yuventus" klubi ham kuzatib bormoqda.

Senesi o'tgan mavsum Angliya Premer-ligasida 17 ta o'yin o'tkazgan.

Mavsum oralig'ida "Bornmut" himoyachilari Din Xyoysen ("Real") va Milosh Kerkez ("Liverpul") jamoadan ketdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Football Italia