"Liverpul" MYU va "Chelsi"ni ortda qoldirib, Argentina terma jamoasi himoyachisi uchun kurashda yetakchilik qilmoqda - inews

17 apr 2026, 11:00
"Liverpul" "Bornmut"ning markaziy himoyachisi va Argentina milliy jamoasi o'yinchisi Markos Senesiga imzo qo'yish bo'yicha asosiy da'vogarga aylandi.

Bu haqda inews xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, mersisaydliklar 28 yoshli futbolchi uchun kurashda "Manchester Yunayted" va "Chelsi"ni ortda qoldirdi.

Joriy mavsumda "Bornmut" himoyachisi barcha turnirlarda 33 o'yin o'tkazib, 4 ta golli uzatma berdi. O'yinchi bilan shartnoma 2026 yil yozigacha tuzilgan. Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 22 million evro.

Argentina milliy jamoasida Senesi 3 o'yin o'tkazgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: inews