Flik Reshford bo'yicha qaror qabul qildi

Alisher Ostonov
25 dek 2025, 21:21
Angliyalik hujumchi Markus Reshford Kataloniyaning "Barselona" klubida qolishi mumkin.

Bu haqda ijtimoiy tarmoqlar orqali insayder Matteo Moretto ma'lum qildi.

Jurnalistga ma'lum bo'lishicha, "ko'k-anorranglilar" ustozi Xans-Diter Flikning shaxsan o'zi futbolchini saqlab qolishni talab qilmoqda. Reshford kataloniyaliklar safida ijara asosida o'ynamoqda. Hujumchining shartnomasi "Manchester Yunayted"ga tegishli.

Ispaniya chempionatining joriy mavsumida 28 yoshli forvard 17 ta o'yin o'tkazib, 2 ta gol va 6 ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Alisher OstonovMuallif
Manba: x.com/MatteMoretto