

28 yoshli futbolchining so'zlariga ko'ra, uning kelajakdagi ustuvor maqsadi - "Barselona" safida qolish. Shu bilan birga, Reshford motivaciyasi faqat Kataloniyada qolish istagi bilan cheklanmasligini ta'kidladi. Unga eng katta turtki - g'alabalar va sovrinlar qo'lga kiritish istagi.
"Men rostdan ham "Barselona"da yo'limni davom ettirishni istayman. Bu muhim maqsad, ammo yanada muhimi - g'alaba qozonish. Men har kuni imkoniyatimning eng yuqori chegarasida ishlayapman, chunki bu jamoa sovrinlar uchun yaratilgan. "Barselona" - katta maqsadlarga ega ulug' loyiha", – dedi hujumchi.
Reshford "Barselona"ga 2025 yilning yozida qo'shilgan. U joriy mavsum barcha musobaqalarda 24 o'yin o'tkazib, 7 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi.



