Xon Myon Bo Janubiy Koreya terma jamoasi bosh murabbiyligidan iste'foga chiqdi

29 iyun 2026, 09:15
Xon Myon Bo jahon chempionatidagi ishtirok yakunlariga ko'ra Janubiy Koreya terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimini tark etdi.

Janubiy Koreya jamoasi "A" guruhida 3 ochko jamg'argan holda uchinchi o'rinni egalladi va jahon chempionatining pley-off bosqichiga chiqa olmadi.

"Bugun men milliy terma jamoa bosh murabbiyligidan ketyapman, - dedi Xon Myon Bo. - Koreya futbolini sevadigan va milliy terma jamoani qo'llab-quvvatlaydigan muxlislarimizdan uzur so'ramoqchiman. Biz muxlislarimiz kutgan natijalarga erisha olmadik va buning uchun butun mas'uliyat mening bo'ynimda".

Xon Myon Bo 57 yoshda, u terma jamoani 2024 yildan buyon boshqarib kelayotgan edi. Mutaxassisning shartnomasi 2027 yilgi Osiyo Kubogi yakuniga qadar amal qilishi belgilangandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: https://en.yna.co.kr/