O'zbekiston U-17 terma jamoasi Xitoyga yetib bordi

Sherzod Nurmatov
27 yanv 2026, 19:13
Bu haqda O'FA matbuot xizmati ma'lum qildi.

Sergey Chigodaev boshchiligidagi O'zbekiston U-17 terma jamoasi 27 yanvardan 3 fevralgacha Xitoyda o'quv-mashg'ulot yig'ini o'tkazadi.

Mazkur yig'in doirasida o'zbekistonliklar 29 yanvar hamda 2 fevral kunlari mezbonlarga qarshi ikkita o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.

Bosh murabbiy tomonidan yig'inga jalb qilingan futbolchilar bilan tanishing:

Darvozabonlar: Olim Shomurodov (“Paxtakor”), Aziz Berdiev (“Odil Ahmedov FA”), Mehroj Sirojiddinov (RFA), Abdulboriy Zoidjonov (“Lokomotiv”)

Himoyachilar: Mirjamol Anvarov (“Odil Ahmedov FA”), Elsevar Olimov (“Zamin”), Muhammad Hakimov (“Bunyodkor”), Sunnat Ibragimov (RFA), Jahongir O'ktamboev (“Bunyodkor”), Azizillo Erkinjonov (“G'azalkent”), Abubakir Rahimov (“Odil Ahmedov FA”), Adis Abdunabiev (“Oq-tepa”)

Yarim himoyachilar: Islom Ravshanov (“Paxtakor”), Sog'inch Marupov (RFA), Mirkomil Murodov (“Bunyodkor”), Damir Mirzabekov (“Paxtakor”), Muhammad Mamatov (“Paxtakor”), Amirxon Erkinov (“Odil Ahmedov FA”), Ahrorbek Ravshanbekov (“Andijon”), Suhrob Sadirjonov (“Paxtakor”), Diyor Halikov (“Paxtakor”), Odilxon Orifxonov (“Odil Ahmedov FA”)

Hujumchilar: Laziz Abduraimov (“Zamin”), Ziyodulla Salamov (“Odil Ahmedov FA”)

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати