"Real" qachon Mbappening transferini e'lon qilishni rejalashtirayotgani ma'lum

Alisher
27 dek 2021, 17:16
"Real" PSJ hujumchisi Kilian Mbappeni o'z safiga qo'shib olishga yaqin.

"Real" 23 yoshli fransiyalik futbolchining transferini Chempionlar Ligasi 1/8 finalidan so'ng e'lon qilishni rejalashtirmoqda, aynan Madrid klubi o'sha bosqichda PSJ bilan ro'baro keladi.

Mbappe joriy mavsum Parij jamoasi libosida 24ta o'yinda maydonga tushib, 15ta gol va 15ta assist qayd etdi.

Hujumchining klubi bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: AS