"Real" Keynning o'rniga uch nafar futbolchisini berishi mumkin

Aziz Tukhtamuradov
11 okt 2017, 15:17
"Real" "Tottenxem" futbolchisi Garri Keynning o'rniga uch nafar futbolchisini bermoqchi.

"Real" uchun Keynning o'rniga Garet Beylni berib yuborish yaxshi variant edi. Lekin, uelslik futbolchining muntazam jarohati sababli ushbu transferga Luka Modrich va Karim Benzemalar ham qo'shilishi mumkin ekan.

Ayni paytda Keyn dunyoning eng yaxshi hujumchilaridan biri hisoblanadi. Uning narxi 200 million evroni tashkil qiladi.

Avvalroq, Keyn Ispaniyaga o'tish ehtimoli borligini rad etmagandi.


O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: talksport.com