"Real" Edegor bo'yicha takliflarni ko'rib chiqishga tayyor. Klubga Xoland yoki Mbappening transferi uchun mablag' kerak

Alisher
2 apr 2021, 18:24
"Real" Dortmundning "Borussiya" klubi forvardi Erling Xoland yoki PSJ hujumchisi Kilian Mbappening transferiga mablag' yig'moqchi.

Shu munosabat bilan madridiklar "Arsenal"da ijara asosida o'ynayotgan xavbek Martin Edegor bo'yicha takliflarni eshitishga tayyor.

Londonning "Arsenal" klubi ham o'z navbatida norvegiyalik futbolchining xaridiga qiziqish bildirmoqda.

"Qaymoqranglilar" shuningdek bir necha o'yinchilar, jumladan Garet Beyl, Dani Sebalos va Luka Yovichni sotib yuborishmoqchi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: The Times