"Real" 19 o'yindan buyon yutqazmayapti: 13 g'alaba va 6 durang. Oldinda – "Chelsi" bilan Londondagi to'qnashuv

Omonjon To`xtamirzayev
2 may 2021, 02:21
La Liga 34-turi doirasida "Real Madrid" o'z maydonida "Osasuna"ni engdi (2:0).

Zinedin Zidan shogirdlari bugungi uchrashuvni qo'shganda 19 o'yindan buyon mag'lubiyat nimaligini bilmayapti. Madridliklar oxirgi marta 30 yanvar kuni "Levante"ga yutqazib qo'ygandi (1:2). 

O'sha bahsdan buyon jamoa 13 marta g'alaba qozondi va 6 bor durang o'ynadi.

Eslatib o'tamiz, "Qirollik klubi" uchun navbatdagi o'yin Londonda "Chelsi"ga qarshi YCHL yarim finali doirasida bo'lib o'tadi. 


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia