Endi oliy ligani barcha o'yinlarini to'g'ridan-to'g'ri ko'ramizmi?

Narzulla Saydullayev
30 okt 2017, 20:40
Ravshanxon Djuraev O'FF Ijroiya Qo'mitasining yangi a'zosi sifatida tasdiqlandi.

O'zbekiston Futbol Federatsiyasi majlislari zalida bugun, 30 oktyabr kuni O'FF Prezidenti Umid Ahmadjonov ishtirokida navbatdan tashqari yig'ilish bo'lib o'tdi. 

Unda O'FF Ijroiya Qo'mitasining yangi a'zosi tasdiqlandi.

O'zbekiston Futbol Federatsiyasining Ustavi 33-moddasi 7-bandiga asosan Ijroiya Qo'mitasining vakant bo'lib qolayotgan o'rnini to'ldirish uchun UzReport axborot agentligining Bosh direktori Djuraev Ravshanxon Ergashovichning nomzodi qo'mita a'zolari tomonidan maqullandi.

Djuraev Ravshanxon Ergashovich O'FF Ijroiya Qo'mitasining yangi a'zosi sifatida navbatdagi Konferenciyada keyingi muddat uchun saylovga qo'yiladi.

“Bildirilgan ishonch uchun minnatdorman. Umid qilamanki, bo'lajak ishlarimiz mamlakatimizda futbol rivoji uchun hissa qo'shadi”, – dedi Ravshanxon Djuraev.

“Ravshanxon Djuraevni O'FF Ijroqo'mi a'zosi etib tasdiqlangani bilan tabriklayman”, – dedi O'FF Prezidenti Umid Ahmadjonov. “UzReport axborot agentligi O'FF Marketing boshqarmasi va O'zPFL bilan hamkorlikda katta loyihalarni amalga oshirishiga umid qilaman”.

Ravshanxon Djuraev 1971 yil 23 fevral kuni tavallud topgan. Ma'lumoti oliy. 1994 yili Toshkent davlat universitetini tamomlagan. Faoliyati davomida bir qator tashkilotlarda rahbarlik lavozimlarida ishlab kelgan. 2010 yildan buyon UzReport axborot agentligi Bosh direktori lavozimida faoliyat yuritmoqda.
UzReport axborot agentligi 1999 yilda tashkil topgan. 2014 yili agentlik qoshida UzReport TV, 2017 yili esa Futbol TV telekanallari tashkil qilindi. Futbol bo'yicha Anlgiya va Ispaniya chempionatlari, shuningdek, Yevropa Chempionlar Ligasi va Yevropa Ligasi o'yinlari translyatsiyasi huquqini xarid qilgan telekanal mazkur uchrashuvlarni jonli ravishda muxlislar e'tiboriga havola etmoqda.

Ma'lumot uchun, O'FF Ijroiya Qo'mitasi tarkibi 11 kishidan iborat. Quyida Ijroqo'mning to'liq tarkibi bilan tanishish mumkin.

O'FF Ijroiya Qo'mitasi tarkibi
1. Umid Ahmadjonov – O'FF Prezidenti
2. Shoakrom Isroilov – O'FF Birinchi vice-prezidenti
3. Achilbay Ramatov – O'FF vice-prezidenti
4. Po'lat Bobojonov – O'FF vice prezidenti
5. Rustam Qurbonov – O'zbekiston jismoniy tarbiya va sport davlat qo'mitasi raisi
6. Bobur Shodiev – “Paxtakor” FK prezidenti
7. Murod Aliev – “Bunyodkor” FK Bosh direktori
8. Mansur Rajabov – “Lokomotiv” FK prezidenti
9. Komil Yarashev – O'zbekiston Davlat jismoniy tarbiya instituti rektori
10. Narimon Jalolov – O'zbekiston futbol faxriylari kengashi raisi
11. Ravshanxon Djuraev – UzReport axborot agentligi Bosh direktori



Makzur muzokaradan xulosa qilish mumkin-ki, endi oliy liga o'yinlarini biz "Futbol TV" va "Sport TV"da to'g'ridan-to'g'ri ko'rish imkoniyatiga ega bo'lamiz.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com