Ravshan Haydarov O'zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi

Narzulla Saydullayev
24 iyun 2014, 12:15
O'zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasi murabbiylar shtabida o'zgarish yuz berdi.
Shu kungacha, O'zbekiston Oliy Ligasi vakili hisoblangan Samarqandning Dinamo klubini boshqarib kelgan Ravshan Haydarov O'zbekiston U-19 terma jamoasining yangi bosh murabbiyi etib tayinlandi.

Eslatib o'tamiz, 3 iyun kuni Sergey Lushan O'zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi vazifasidan ozod qilingan edi. O'FF Murabbiylar Kengashi O'zbekiston U-19 terma jamoasining yangi bosh murabbiyi sifatida Ravshan Haydarov nomzodini tasdiqladi. Haydarov yoshlar terma jamoasini shu yilning oktyabr oyida Myanmada bo'lib o'tadigan yoshlar o'rtasidagi Osiyo Chempionati bahslariga tayyorlaydi.

Ma'lumot o'rnida, Ravshan Haydarov 2002-2004 va 2005 yillarda O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida faoliyat olib borgan. Shuningdek Toshkentning Paxtakor, Zarafshonning Qizilqum, Samarqandning Dinamo klublarida bosh murabbiy sifatida faoliyat olib borgan.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com