Rasman: "Paxtakor" 3 futbolchisi bilan xayrlashdi

Tolibjon Qosimov
28 dek 2017, 11:15
"Paxtakor" yana uch nafar futbolchi klubni tark etganini ma'lum qildi.

Jamoa safida oliy ligada 51 uchrashuvda 5 to'p kiritgan tayanch yarim himoyachisi Javohir Sohibov bilan shartnoma tugagani sababli ikki tomon kelishuviga ko'ra hamkorlik to'xtalishiga kelishib olindi. Sohibov "Paxtakor" safida 2014 va 2015 yillarda O'zbekiston chempioniga aylangan.

Hujumchi Temur Tolipov ham "sherlar" bilan xayrlashdi. U chempionat bellashuvlarida 16 bor maydonga tushgandi. O'tgan mavsumni u "Navbahor" va "Obod" klublarida ijarada o'tkazgan.

Himoyachi Oybek Nurmatov 2017 yil ijara asosida "Andijon"da o'ynagandi. Ushbu futbolchi bilan ham o'rtadagi hamkorlik to'xtatildi.


"Paxtakor" futbol klubi keyingi mavsumni boshqa jamoalarda boshlaydigan Javohir Sohibov, Temur Tolipov va Oybek Nurmatovga omad tiladi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: pakhtakor.uz