Rasman: "Dinamo" nigeriyalik hujumchi bilan shartnoma imzoladi!

Omonjon To`xtamirzayev
25 fev 2025, 14:55
"Dinamo" klubi 2025 yilgi futbol mavsumi oldidan o'z tarkibiga yana bir legionerni qo'shib oldi.

Samarqand klubi nigeriyalik hujumchi Richard Fraydey bilan bir yillik shartnoma imzolanganini ma'lum qiladi. U 27 fevral kunidan "Dinamo"ning Toshkentdagi yig'iniga qo'shiladi. 

25 yoshli futbolchi o'tgan mavsumlarni Shvetsiyaning "GAIS" klubida o'tkazib, jami 44 o'yinda 10ta golga mualliflik qilgan. 

Shuningdek, Richard 2019 - 2021 yillarda Latviyaning "Liepaya" va "Spartak Yurmala" klublari sharafini himoya qilgan. 

"Ishonamizki, Richard "Dinamo"dagi o'yinlari bilan samarqandlik muxlislar mehrini qozona oladi.

Welcome to Dinamo, Richard Emeka Friday!", - deyiladi klub xabarida.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: "Динамо" ПФК матубот хизмати