Qurbon Berdiev Eron klubida ish boshladi

Alisher
20 iyun 2022, 16:53
Yaqindagina Qozog'istonning "Qayrat" klubini tark etgan Qurbon Berdievning keyingi ish joyi ma'lum.

Turkmanistonlik mutaxassis Eronning "Traktor" jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi. U shuningdek klubda texnik direktor sifatida ham ishlaydi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.

69 yoshli murabbiy qozoq klubini 6 iyunda tark etgan edi. "Qayrat" uning qo'l ostida 32ta o'yinda 14ta g'alaba, 8ta durang va 10ta mag'lubiyat qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: tractor-club.com