

Turkmanistonlik mutaxassis yangi yildan jamoa boshqaruvini o'z qo'liga oladi. 70 yoshli Berdievning oxirgi ish joyi Eronning “Traktorsozi” klubi bo'lgandi. U forslarda ham murabbiy, ham texnik direktor sifatida faoliyat olib bordi.
Qurbon Berdiev “Rubin” bilan 2 bor Rossiya chempionligi (2008, 2009), 2 marta Rossiya Superkubogi (2010, 2012), bir martada Rossiya Kubogi (2011/12), MFL chempionati (2002) hamda MDH Kubogi (2010) g'olibligini qo'lga kiritgan. “Rostov” bilan esa u 2015/16 yilgi mavsum RPLda kumush medal sohibi bo'lgan.
Eslatib o'tamiz, “Sochi” ayni vaqt chempionat jadvalida 17 turdan keyin 25 ochko bilan 9-o'rinda turibdi.



