"Qo'qon-1912": "Paxtakor"ga qarshi tayyorgarlik davom etmoqda

Narzulla Saydullayev
6 okt 2017, 12:38
"Qo'qon-1912" oliy liganing navbatdagi 24-tur uchrashuvini Toshkentda “Paxtakor” jamoasiga qarshi o'tkazadi. Ushbu uchrashuv turning markaziy o'yinlaridan biri bo'lishi kutilmoqda.

“Sho'rtan”  ustidan qozonilgan yirik g'alabadan  ruhlangan futbolchilar “Paxtakor”ga qarshi uchrashuvga astoydil tayyorgarlik ko'rmoqdalar. Mashg'ulotlar Chirchiq shahrida kuniga ikki mahaldan o'tkazilyapti. Bosh murabbiy No'mon Hasanov boshchiligida o'tayotgan mashg'ulotlarda B Akramovdan tashqari barcha futbolchilar astoydil ter to'kishmoqda. Jarohati bois Bahodir Akramov mashg'ulotlarda ishtirok etmayapti.

“Paxtakor” – “Qo'qon-1912” jamoalari o'rtasidagi o'yin 14 oktyabr kuniga belgilangan.  O'rtadagi tanaffus uzoqligini hisobga olgan murabbiylar, bitta nazorat o'yini o'tkazishni o'z rejalariga kiritishgan. Bu uchrashuvda bizga Navoiyning “Qizilqum” jamoasi raqib vazifasini o'tab beradi. Nazorat o'yini 8 oktyabr kuniga belgilangan. Uchrashuv o'tadigan stadion hamda o'yin vaqti haqida qo'shimcha tarzda xabar beramiz.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz