

Ruben Amorim 2020 yildan beri lissabonliklar bosh murabbiyi sifatida faoliyat olib bormoqda. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilga qadar mo'ljallangan. Amorim “Sporting” bilan Portugaliya chempionligi, Liga kubogi (2 marta) hamda Superkubogini qo'lga kiritdi.
Hozirda PSJni Kristof Galte boshqarmoqda. U 2022 yil iyulida parijliklar ustoziga aylandi va 2 yilga mo'ljallangan bitimga imzo chekdi.



