PSJ Tuxelga shartnoma bekor qilinishi ortidan 6 mln evro to'laydi

Alisher
28 dek 2020, 10:37
PSJ sobiq bosh murabbiyi Tomas Tuxel sobiq klubi bilan shartnoma erta yakunlangani ortidan tovon puli borasida kelishuvga erishdi.

Germaniyalik mutaxassis mehnat shartnomasi bekor qilinishi ortidan 6 million evro oladi.

Uning o'rniga Londonnning "Tottenxem" va Kataloniyaning "Espanol" klublaridagi faoliyati orqali tanish bo'lgan argentinalik mutaxassis Maurisio Pochettino bosh murabbiy bo'ladi.

Tuxel esa Yevropada katta talabga ega bo'lmoqda. Mutaxassisga "Arsenal", "Manchester Yunayted" va "Barselona" klublari qiziqish bildirmoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Bild