Pochettino: "Tottenxem" birinchi turda "Yunayted" bilan o'ynashi yaxshi bo'ldi"

Aslanov Jasurbek
18 iyun 2015, 13:45
"Tottenxem" bosh murabbiyi Maurisio Pochettino uning shogirdlari yangi mavsumga qanday tayyorgarlik ko'rayotgani haqida so'zlab berdi.

"Biz sabrsizlik mavsum startini kutyapmiz. Premer-ligada har bir raqibga qarshi barqaror o'yin ko'rsatish lozim. Birinchi turdayoq mehmonda "Manchester Yunayted"ga qarshi o'ynaymiz. Kuchli jamoaga qarshi mavsumni boshlash juda yaxshi. O'yinda o'zimizga ishonch bilan o'ynashimiz shart.

Mavsumga yaxshi tayyorgarlik ko'ryapmiz. Bu yil "Tottenxem" o'rtoqlik turnirlarida ishtirok etmaydi. Shunga yarasha uyda ko'p shug'ullanamiz" - deydi Pochettino.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com