

Bundan roppa-rosa 11 yil ilgari “Barselona” safarda – “Santyago Bernabeu”da qaymoqranglilar ustidan yirik 6:2 hisobida g'alaba qozongandi. O'shanda madrdiliklar darvozasiga kiritilgan oltinchi golga Jirar Pike mualliflik qilgandi.
Pike “11 yil” deya yozib, ushbu o'yindan olingan videokadrni o'zining Tvittyerdagi sahifasiga joyladi.
Kataloniyaliklar vakiliga o'sha paytda “Real” darvozasini qo'riqlagan Iker Kasilyas darhol javob qaytardi.
“11+2=13” deya yozib “Real”ning YCHLdagi 13 ta g'alabasiga shama qildi Kasilyas.
Ayni paytda Pikening posti 34,4 mingta “layk” to'plagan bo'lsa, Kasilyasni qaydi 32,9 ming kishiga yoqqan.



