Pep Gvardiola: "Sterlingsiz "Man Siti"ning muvaffaqiyati imkonsiz bo'lardi. U juda muhim"

Alisher
18 sen 2021, 18:32
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola yarim himoyachi Rahim Sterling haqida gapirdi.

"Siz so'nggi mavsumlarda bizda nechta aqlbovar qilmas mavsumlar bo'lganini bilasizmi? Buning Sterlingsiz imkoni bo'lmasdi. U juda ham muhim.

Sterling aqlbovar qilmas yuqori darajani ko'rsatadi. Men unga bunday daraja bizga kerakligini aytaman. Uning oldingi darajasiga qaytishiga ishonchim komil. Agar u buni qila olsa, qiladi.

Men juda optimistik kayfiyatdaman. Rahimni ajoyib mavsum kutayotganiga aminman", - deydi Gvardiola.

Futbolchi o'tgan mavsum APL doirasidagi 31ta o'yinda maydonga tushib, 10ta gol va 5ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: mancity.com