O'zbekiston OTJ ertaga Toshkentda yig'in boshlaydi. Murabbiy Mirjalol Qosimov emas, Ravshan Haydarov bo'ladi

Narzulla Saydullayev
10 okt 2018, 15:49
O'zbekiston olimpiya terma jamoasi kelasi yilning mart oyida Osiyo chempionati saralashida maydonga tushadi.

O'sha saralashga tayyorgarlik ko'rish maqsadida Olimpiya terma jamoamiz ertaga Toshkentda yig'inni boshlaydi. Xabaringiz bor, avvalroq O'zbekiston olimpiya terma jamoasini Mirjalol Qosimov boshqarishi haqida xabar qilingan edi. Ammo “Bunyodkor” klubi bosh murabbiyi sog'lig'i bilan bog'liq muammolar tufayli Olimpiya terma jamoasini boshqara olmasligini ma'lum qilgan. Shunday bo'lsada, o'z tajribasi va maslahatlari bilan hamisha terma jamoaga yordam berishga tayyor ekanini ham bildirib o'tdi.

Shundan so'ng terma jamoaga xorijdan murabbiy olib kelish ishlari boshlab yuborildi. Ayni paytda O'FA mutasaddilari bu masala borasida jiddiy ish olib borishmoqda. Ungacha O'zbekiston olimpiya terma jamoasini taniqli mutaxassis Ravshan Haydarov katta murabbiy sifatida shug'ullantirib turadi.

Ravshan Haydarov yoshlar bilan ishlash bo'yicha katta tajribaga ega mutaxassis hisoblanadi. Jumladan, uning qo'lostida O'zbekiston U-23 terma jamoasi shu yilning yanvar oyida Xitoyda o'tgan Osiyo chempionatida g'oliblikka erishgan edi.

Ravshan Haydarov mazkur yig'in davomida terma jamoaga nomzod bo'lgan quyidagi futbolchilarni sinovdan o'tkazib oladi.

Darvozabonlar:
Ergashev Umidjon    
Hamroev Umidjon    
Ziyovutdinov Nizomiddin

Himoyachilar:

Qobilov Islom  
Alijonov Ilhom  
G'ofurov Husniddin    
Aliqulov Husniddin  
Nasrullaev Sherzod  
Saitov Dilshod  
Sattorov Xudoyshukur  
Rustamov Oybek  

Yarim himoyachilar:

Abdullaev Abdulla  
Muhitdinov Sharof  
Ismoilov Abrorbek  
O'runov Oston  
Umirov Davron  
Nurulloev Suhrob  
To'xtasinov Nurillo  
Qodirqulov Sanjar  
Ikromov Farrux  
Rashidxonov Islom  

Hujumchilar:

Abdixoliqov Bobir  
Amonov Azizbek  
Mirahmadov Mirjahon

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ufa.uz