"Nyukasl" "Real" futbolchisiga 100 million evro taklif qildi

Khoja
30 avg 2025, 10:15
Transfer bozori yakunida "Nyukasl" yirik xaridni amalga oshirmoqchi.

Angliya klubi "Real Madrid" yarim himoyachisi Orelen Chuamenini sotib olishni reja qilgan. Jamoa transfer uchun 100 million evro ajratishga tayyor. 

Biroq Xabi Alonso o'zi qurayotgan jamoaning asosiy vakilini sotmoqchi emas va bu haqda klub rahbariyatiga ham ma'lum qilgan.

Orelen Chuamenining "Real" bilan tuzgan shartnomasi 2028 yilning yozida yakunlanadi. 

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: sports.ru