"Nyukasl" Pogbaga shartnoma taklif qilishga tayyor

Sherzod Nurmatov
19 fev 2022, 19:49
"Hakkalar" ham fransiyalik uchun kurashga qo'shilishdi.

"Nyukasl" "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogbaga shartnoma taklif qilishga shay. "Hakkalar" 28 yoshli yarim himoyachini o'z safiga qo'shib olmoqchi bo'lgan PSJ, "Real" va "Yuventus" bilan raqobatlashishga tayyor.

Fransiyalik futbolchining "Manchester Yunayted" bilan shartnomasi joriy mavsum oxirigacha amal qiladi. 

Oldinroq mankunianlar unga o'rinbosar qidirayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: TalkSport