Uzoq muddatli diskvalifikaciyadan qaytgan Pogba intervyu berdi

Omonjon To`xtamirzayev
23 noya 2025
"Monako" yarim himoyachisi Pol Pogba 2 yil deganda katta maydonga qaytdi.

32 yoshli futbolchi monegasklar "Renn"ga 0:4 hisobida mag'lub bo'layotgan bir pallada, uchrashuvning 85-daqiqasida zaxiradan o'yinga qo'shildi. Qolgan daqiqalarda "Monako" oradagi farqni bittaga qisqartirishni uddaladi. 

"Futbol men uchun yakunlangani yo'q. Men iztirob chekdim, ammo ishlashdan to'xtamadim va qaytishimni kutardim. Shunday vaqtlar bo'ladiki, iblis seni batamom o'ldirishni istaydi, ammo xudo bor. Men doim o'z hislatlarimga ishonganman va bilamanki, yuz bergan vaziyatda mening aybim yo'q. Umidim har doim tirik edi", – deya fransiyalik so'zlaridan iqtibos keltiradi "RMC Sport". 

Eslatib o'tamiz, Pol Pogba "Yuventus"dalik davrida antidoping qoidalarini buzishda ayblanib, diskvalifikaciya qilingandi.


Pol Pogba 811 kundan so'ng yana maydonga qaytdi


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: RMC Sport