Neymar necha bora qaytish borasida "Barselona"ga murojaat bilan chiqqani ma'lum bo'ldi

Mirjalol Normatov
11 yanv 2019, 12:25
PSJ forvardi Neymar "Barselona"ga qaytishni istamoqda.

"A Bola" xabariga ko'ra, braziliyalik futbolchi 5 marta Kataloniya klubi bilan bog'langan. Futbolchining otasi esa hozirda bu borada muzokaralar olib bormoqda.

PSJ Neymarning transferi uchun 222 million evro sarflagandi. Tomonlarning kelishuvi 2022 yilga qadar davom etadi.

Bu mavsumda Neymar PSJ tarkibida 21 o'yinda qatnashibYU 18 gol urdi va 8 golga assistentlik qildi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: A Bola