

Ushbu bahsda kataloniyaliklarning braziliyalik hujumchisi Neymar 4ta golli pas oshirdi va 1ta gol urdi. Bunga qadar dunyodagi hech bir futbolchi YCHLda bunday natija qayd eta olmagan edi.
2012 yilda PSJ vakili Zlatan Ibragimovich bitta o'yinda 4ta golli pas oshirgandi. Biroq shvetsiyalik futbolchi Neymardan farqli ravishda o'sha bahsda gol ura olmagandi.


