"Nasaf"ning legioner hujumchisi ham jamoani tark etadi

Mirjalol Normatov
6 iyun 2023, 23:37
Ikkinchi davra oldidan "Nasaf" tarkibida ham o'zgarish bo'ladi.

Bizga ma'lum bo'lishicha, hujumchi Mateus Lima Kruz ham jamoani tark etadi. Hozirda klubdagilar uning o'rniga boshqa hujumchi izlash bilan band. Oldinroq saytimiz orqali Shohmalik Komilovning ham "Nasaf"ni tark etganini ma'lum qilgandik.

30 yoshli braziliyalik hujumchi ushbu mavsumda 6 o'yinda maydonga tushib, 1 gol urdi. U umumiy hisobda "Nasaf"da 24 o'yinda qatnashdi va hisobiga 4 gol hamda 1 assistni yozdirib qo'ydi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia