"Nasaf": Muxlislar bilan muloqot o'tkazildi

Narzulla Saydullayev
13 iyun 2017, 20:45
Bugun “Nasaf” PFK bosh menedjeri Shamil Samigulovich, klubning bir guruh faol muxlislari bilan yuzma-yuz muloqot o'tkazdi.

Muloqot rekonstrukciya ishlari nihoyasiga etayotgan, yangi ko'rinishdagi “Markaziy” stadionda bo'lib o'tdi.

Shamil Samigulovich yig'ilganlarga stadionda olib borilgan keng ko'lamdagi rekonstrukciya ishlari va bu orqali yaratilgan o'zgarishlar hamda kelgusida amalga oshiriladigan ishlar haqida ham ma'lumot berdi.

Muloqot ochiq va samimiy ruhda o'tdi.

Muloqot davomida muxlislarning stadionda o'zlarini tutish tartib-qoidalari, bu haqda OFK talablari ham ularga yana bir marta tushuntirildi.

"Qo'qon-1912" jamoasi bilan bo'ladigan, O'zbekiston Kubogining 1/4 finali dastlabki uchrashuvi, 30 iyun kuni "Markaziy" stadionda bo'lib o'tishi rasman e'lon qilindi. Shamil Samigulovich ushbu o'yinni o'tkazish bo'yicha olib borilayotgan tayyorgarliklar haqida ham ma'lumot berib o'tdi.

Klubimiz rahbari, muloqot davomida muxlislarni qiziqtirgan ko'plab savollarga ham javob berdi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcnasaf.uz