"So'g'diyona" Gruziyaning 2 karra chempioniga qarshi bahs yuritadi

Sherzod Nurmatov
5 yanv 2026, 16:10
Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

2026 yilgi mavsumda yuqori maqsadlarni ko'zlagan "So'g'diyona" futbol klubi yangi mavsumga puxta va reja asosida tayyorgarlik ko'rishni boshladi. 

Jamoamiz qishki o'quv-yig'in mashg'ulotlarini bir necha bosqichda o'tkazib, jismoniy va taktik jihatdan to'liq shakllanishni maqsad qilgan.

Tayyorgarlikning dastlabki bosqichi 10-20 yanvar kunlari Jizzax shahrida tashkil etiladi. Ushbu davrda futbolchilarning umumiy jismoniy holatini tiklash va asosiy yuklamalarga tayyorlashga alohida e'tibor qaratiladi.

Shundan so'ng 21 yanvardan 20 fevralga qadar jamoa Turkiyaning Antaliya shahrida o'quv-yig'in mashg'ulotlarini davom ettiradi. Antaliyadagi yig'in yuqori intensivlikdagi mashg'ulotlar, taktik ishlanmalar va raqobatbardosh o'yinlar bilan ajralib turadi.

Mazkur yig'in doirasida So'g'diyona bir qator xorijiy jamoalarga qarshi xalqaro o'rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushadi. Ushbu bellashuvlar yangi mavsum oldidan jamoaning o'yin tizimini mukammallashtirish, futbolchilarning musobaqa ritmiga kirishini taminlashda muhim ahamiyat kasb etadi", – deyiladi xabarda. 

O'rtoqlik uchrashuvlari jadvali:

23 yanvar - "Spartak" Subotica (Serbiya)

29 yanvar - "Sileks" (Shimoliy Makedoniya)

1 fevral - "Chelyabinsk" (Rossiya)

4 fevral - "Altay" (Qozog'iston)

10 fevral - "Rustavi" (Gruziya)

13 fevral - "Nijniy Novgorod" (Rossiya)

16 fevral - "Dinamo" Batumi (Gruziyaning 2 karra chempioni)

19 fevral - "Fakel" (Rossiya)

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Сўғдиёна" матбуот хизмати