“Nasaf” delegaciyasi Qatarga yo'l oldi

Narzulla Saydullayev
14 mar 2016, 10:22
Osiyo chempionlari ligasining 3-turida “Nasaf” futbolchilari Qatarda “Al-Jayish” klubi mehmoni bo'ladi.

Bugun ertalab “Nasaf” futbol klubi delegaciyasi Toshkent-Dubay-Doha yo'nalishi orqali Qatar poytaxtiga jo'nab ketdi.

Ushbu safarga “Nasaf” bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev quyidagi futbolchilarni jalb etdi.

Darvozabonlar– Eldorbek Suyunov, Sanjar Quvvatov.

Himoyachilar– Maqsud Karimov, Sherzod A'zamov, Ildar Mamatkazin, Shuhrat Muhammadiev,Najmiddin Normurodov, Saydullo Rahmatov,Sharof Muhitdinov, Doniyorjon Narzullaev

Yarim himoyachilar – Akbar Murodov, Bahrom Abdurahimov, Aziz G'aniev, Artur Gevorkyan, Erkin Boydullaev, Dilshod Rahmatullaev, Sirojiddin Qo'ziev, Islom Rashidxonov

Hujumchilar– Ilhom Shomurodov, Azamat Allaniyazov, Bobur Abduholiqov, Dilshod Xushbakov,.

Eslatib o'tamiz, “Al-Jayish”  - “Nasaf” uchrashuvi 16 mart, chorshanba kuni soat 20:45 da Doha shahridagi “Abdulla Bin Xalifa” stadionida boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcnasaf.uz