

Dastlab “shporlar” vakili Ben Devis 30-daqiqada hisobni ochdi. Ammo, mehmonlar hujumchisi Brian Brobbi 80-daqiqada raqib darvozasini ishg'ol qilib, hisobning durang bo'lishini taminladi.
“Tottenxem” APLdagi 20 turdan so'ng 27 ochko jamg'argan holda jadvalda 13-o'rinda, “Sanderlend” esa 30 ochko bilan 8-o'rinda bormoqda.


“Everton” va “Brentford” o'rtasidagi o'yinda 6 ta gol urildi. Bahs mehmonlarning 4:2 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi. Mezbonlardan gollarga Beto va Terno Barri, mehmonlardan esa Igor Tiago (xet-trik) va Natan Kollins mualliflik qildi.
“Everton” APLdagi 20 turdan so'ng 28 ochko bilan 12-o'rinda, “Brentford” esa 30 ochko bilan 7-o'rinda bormoqda.


“Nyukasl” Bruno Gimaraesh (71-daqiqa) va Malik Tiav (78)ning gollari evaziga “Kristal Pelas”ni mag'lub etdi.
“Nyukasl” APLdagi 20 turdan so'ng 29 ochko bilan jadvalda 9-o'rinda, “Kristal Pelas” esa 27 ochko bilan 14-o'rinda bormoqda.





