"Chelsi" "Aston Villa" yulduzi uchun katta taklif tayyorlamoqda

Alisher Ostonov
4 yanv 2026, 21:44
"Chelsi" "Aston Villa" xavbeki Morgan Rojersning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

Qayd etilishicha, London grandi futbolchi uchun 150 mln evro to'lashga tayyor. Klub bosslarining fikricha, Rojers jamoaga juda mos keladi. Xavbekning "Aston Villa" bilan mehnat shartnomasi 2031 yilning yozigacha amal qiladi. Futbolchining narxi 70 mln evroga baholanmoqda (Transfermarkt ma'lumotlari).

Morgan Rojers "Aston Villa" safida jami 97 ta uchrashuv o'tkazgan. Bu o'yinlarda xavbek 24 ta gol urib, 23 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Alisher OstonovMuallif
Manba: fichajes.com