

Bu haqda Football Italia nashri jurnalist Janluka Di Marcioga tayanib xabar bermoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, murabbiyi neapolliklar bilan 18 oylik shartnomaga imzo chekadi. Gattuzo “Napoli”da Karlo Anchelottining o'rnini, jamoa YCHL pley off bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritgan taqdirda ham egallaydi.
Ayni paytda “Napoli” 21 ochko to'plab, Italiya A seriyasi turnir jadvalida 7-pog'onani band etib turibdi. YCHLda esa klub E guruhida 9 ochko bilan ikkinchi o'rinda bormoqda.
41 yoshli Gattuzoning so'nggi ish joyi “Milan” klubi edi. U o'zi to'p tepgan klubda 2017-2019 yillarda bosh murabbiylik qildi. 2018/19 yilgi mavsum yakuniga ko'ra u iste'foga chiqishga qaror qildi. Sababi Gattuzo qo'li ostida jamoa mavsumni 5-pog'onada yakunalab, YCHL yo'llanmasidan quruq qolgandi.



