Nagelsmann: "Agar "Bavariya" o'z rejasini amalga oshira olsa, Neymar va Messida juda kam imkoniyat bo'ladi"

Administrator
14 fev 2023, 22:33
Murabbiy YCHLdagi qarama-qarshilik oldidan o'z fikrini bildirdi.

"Bavariya" klubi bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann PSJ klubiga qarshi YCHL doirasidagi o'yin haqida gapirdi. Birinchi bahs 14 fevral kuni Parijda bo'lib o'tadi. 

"Mening ishim jamoani PSJga qarshi o'yinga munosib tayyorlash. Mbappe va Messining o'ynash, o'ynamasligi esa ikkinchi masala. 

Agar "Bavariya" o'z rejasini amalga oshiradigan bo'lsa, Neymar va Messida juda kam imkoniyat bo'ladi. Biz to'pni ko'p egallab g'alaba qozonmoqchimiz. Shunda Messi va Neymarda bosh zonalar bo'lmaydi. Bo'sh hududga ega bo'lsa bu futbolchilar juda kuchli. 

YCHL bu boshqa turnir. PSJ ham bu turnirga boshqacha kayfiyatda keladi", -deydi Nagelsmann.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: L'Equipe