Nagelsmann Germaniyaning JCH-2026dagi maqsadini aytdi

Sherzod Nurmatov
4 sen 2025
Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann jamoaning JCH-2026da oldiga qanday maqsadlarni qo'yganini aytib o'tdi.

"O'ylashimcha, Jahon chempionatida g'alaba qozonishni istashimiz biz uchun normal holat. Men 100 foiz ishonamanki, hech bir futbolchi boshqacha javob qaytarmagan bo'lardi, aks holda ular biz bilan birga kelmagan bo'lardi", – dedi Nagelsmann.

Avvalroq Germaniya terma jamoasining sentyabrdagi o'yinlar uchun chaqirilgan futbolchilari ma'lum qilingan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: tribalfootball.com