MLS Messining "Barselona"ga qaytishini kutmoqda

Оқил Абдубарноев
3 okt 2022, 21:04
So'nggi vaqtlarda Lionel Messining MLSga yo'l olishi haqida mish-mishlar tarqaldi.

Biroq hozirda Amerika klublari argentinalik yulduz uchun kurash olib borishni rejalashtirmayapti. Manbaning xabariga ko'ra, MLS jamoalari Messining kelasi yil "Barselona" safiga qaytishiga ishonishmoqda.

Lionel Messining PSJ bilan amaldagi shartnomasi 2022/2023 yilgi mavsum oxirigacha amal qiladi. Bitimni yana bir yilga uzaytirish imkoniyati mavjud, ammo buning uchun futbolchi rozi bo'lishi kerak.

Avvalroq matbuotda PSJ Lionel Messiga yangi shartnoma taklif qilgani haqida ma'lumotlar tarqagandi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: El Chiringuito