"Milan" "Inter" yarim himoyachisi bilan shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda

Alisher
14 okt 2021, 16:32
"Milan" "Inter" xavbeki Marselo Brozovichni o'z safiga qo'shib olmoqchi.

"Rossonerilar" jamoadan yaqin yozda Frank Kesse ketishiga tayyorlanishmoqda. Ivuarlik "San-Siro"da katta maosh so'radi, Milan jamoasi esa unga bunday mablag'ni to'lashga tayyor emas.

Shu sabab "Milan" o'zining to'g'ridan-to'g'ri raqobatchisi bo'lmish "Inter"dan Marselo Brozovichni xarid qilishga urinmoqda.

Qayd etish kerakki, "Inter" ushbu yilning yozida Xakan Chalxanogluni shunday yo'l bilan o'z saflariga qo'shib olishgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Calciomercato