Brozovich jarohat sabab "Vilyarreal"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi

Alisher
6 avg 2022, 15:10
Milanning "Inter" klubi yarim himoyachisi Marselo Brozovich "Vilyarreal"ga qarshi o'rtoqlik o'yinini o'tkazib yuboradi.

Xorvat jarohat sabab safdan chiqdi.

Yarim himoyachining jarohati jiddiy emas. "Inter" bosh murabbiyi Simone Inzagi o'yinchi bilan tavakkal qilishni xohlamadi va shu sabab uni o'ynatmaydi.

Eslatib o'tamiz, Brozovich o'tgan mavsum "Inter" bilan shartnomasini uzaytirdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Corriere dello Sport