"Inter" yarim himoyachisi Brozovich "Fiorentina" bilan o'yinni o'tkazib yuboradi

Alisher
19 mar 2022, 13:09
"Inter" yarim himoyachisi Marselo Brozovich "Fiorentina"ga qarshi Italiya chempionati 30-tur doirasidagi o'yinni o'tkazib yuboradi.

29 yoshli xorvatiyalik futbolchi jarohati sabab o'yinda ishtirok eta olmaydi. Futbolchi jarohati sabab Xorvatiya terma jamoasidagi yaqin o'yinlarni ham o'tkazib yuborishi mumkin.

Brozovich 2021/22 yilgi mavsum "Inter" tarkibida 37ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 2ta assist qayd etdi.

"Inter" - "Fiorentina" o'yini bugun bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Football Italia