"Inter" tez orada Brozovich bilan shartnoma uzaytirilganini e'lon qiladi

Alisher
23 mar 2022, 16:53
"Inter" yarim himoyachi Marselo Brozovich bilan shartnoma uzaytirilganini tez orada e'lon qiladi.

Jurnalist Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, rasmiy ma'lumot yaqin soatlarda berilishi kutilmoqda. 29 yoshli xorvatning klub bilan yangi shartnomasi 2026 yilning iyun oyi so'nggiga qadar mo'ljallangan.

Brozovich 2015 yildan beri "Inter"da o'ynaydi. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2022 yilning iyun oyi so'nggiga qadar mo'ljallangan.

Xavbek 2021/22 yilgi mavsum "Inter" tarkibida 37ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 2ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano