Mikel Arteta "Arsenal" rekordini yangiladi

Nozimov Nig'monxo'ja
26 noya 2023
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta Angliya chempionatining 13-turida "Brentford"ga qarshi o'yindan so'ng (1:0) klub rekordini o'rnatdi, deb xabar berdi Squawka Football X ijtimoiy tarmog'ida (sobiq Twitter).

Arteta "Arsenal" bilan ilk 200 o'yinida 116-g'alabasini qo'lga kiritdi, bu klubning yangi rekordidir. Avvalroq bu rekord Arsen Vengerga tegishli bo'lib, u 111 g'alabaga erishgan.

Ayni damda "Arsenal" APLda 30 ochko to'plagan holda turnir jadvalining birinchi pog'onasida ketmoqda.


Nozimov Nig'monxo'jaMuallif
Manba: championat.com