"Men 24 soat davomida francuzchani o'rganyapman". Tuxel - Parijdagi birinchi yili va CHL dan chiqib ketishi haqida

Alisher
1 iyun 2019, 13:09
PSJ bosh murabbiyi Tomas Tuxel bir nechta savollarga javob berdi.

Parijdagi birinchi yil va yozgi rejalar haqida

Bizda hammasi haqiqatda ajoyib boshlangan edi. O'shanda uzun g'alabali seriyani qayd etgan edik. Shuning uchun biz tezda ishonchli va yaxshi muhitga ega bo'la oldik. Hammasi "Manchester Yunayted"ga ikkinchi o'yinimizda mag'lub bo'lgunimizga qadar edi. Shunisi aniqki, uyda omadsiz hodisalar ro'y bermaydi.

Mag'lubiyatdan so'ng biz rulni yo'qotib qo'ydik. Endi jamoani mustahkamlash va barqarorlashtirish uchun aqlli transferlarni amalga oshirishimiz kerak.

Francuz tili haqida

Bu yerda ishlashim aniq bo'lgach, francuz tilini o'rgana boshladim. 24 soat davomida bu tilni o'rganyapman desa ham bo'ladi.

Chempionlar Ligasidagi mag'lubiyat haqida

Bazan jang davom ettirishga arziydi. Faqatgina bu nima uchun muhimligini tushunib yetishingiz kerak.

Jamoadagi guruhlar haqida

Ular bor va o'ylashimcha bu - normal holat. Ammo ular avtonom bo'lib qolmasliklari uchun ular bilan aloqa qilishim muhim.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: eurosport.ru