Mbappening otasi o'g'lining JCH 2022dagi gollari haqida gapirdi
Sherzod Nurmatov
21 yanv 2023, 18:56
Fransiya terma jamoasi hujumchisi Killian Mbappening otasi uning Qatardagi mundialda urgan 8 ta goli haqida fikr yuritdi.
Fransiyalik futbolchi 8 ta gol urib, turnirning eng yaxshi to'purariga aylangan edi.
"Gol urish juda qiyin, bu futboldagi eng qiyin narsa. Oson bo'lib ko'ringan gollarni urish ham nihoyatda qiyin", – dedi Vilfrid Mbappe bergan intervyusida.