Mbappe o'zini "Oltin to'p"ga da'vogar deb hisobladi

Mirjalol Normatov
9 iyul 2023, 10:57
PSJ forvardi Kilian Mbappe o'zini "Oltin to'p" uchun da'vogar deb hisoblaydi.

"Agarda eski qoidalar amalda bo'lganila, o'zimni da'vogar deb hisoblamasdim. Hozir barchasi futbolchining o'ziga bog'liq bo'lib qoldi.

Hozir mavsum davomida jamoasiga katta ta’sir o'tkazayotgan, muxlislar e'tiborida bo'layotgan, o'yin taqdirini hal qilayotgan futbolchilar tanlanmoqda.

O'tgan mavsumda bunday holat menda ham bo'ldi. Ko'ramiz, men ham da'vogarman, biroq buyog'i nima bo'larkin", - dedi fransiyalik futbolchi.

O'tgan mavsum yakunlariga ko'ra, Mbappe Fransiya chempionatining to'purari hamda eng yaxshi futbolchisi bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: France Football