Mbappe agar yozda jamoadan kyetmaydigan bo'lsa, PSJ unga 90 mln evro to'lab beradi

Administrator
24 may 2023, 22:25
Futbolchi juda katta summadagi bonusga ega bo'lishi mumkin.

RMC Sport ma'lumotlariga ko'ra PSJ klubi o'z hujumchisi Kilian Mbappe agarda klubda qolsa, 90 mln evro miqdoridagi bonusni to'lab beradi.

Qayd qilinishicha, Kilian hozirda PSJdagi faoliyatidan unchalik ham qoniqayotgani yo'q. Futbolchiga klubning o'tkan yilgi mavsumda qo'llagan transfer siyosati maqul kelmagan. Aniqroq aytiladigan bo'lsa, klubning transferlari emas, jamoani o'tgan yili tark etgan futbolchilar Mbappeni norozi qilgan. Bundan tashqari, Mbappega to'lanishi kerak bo'lgan bonus ham o'tgan mavsum boshiga qadar to'lab berilmagan. Hozirda jamoadagi hech kim Mbappe klubdan ketishi mumkinligini ham tasavvur qila olmayapti. 

Ma'lumot uchun, Kilian ushbu mavsumda 41 ta uchrashuvda 40 ta gol urdi. 

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: RMC Sport